Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ayaks» «Real» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

«Ayaks» «Real» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos «Ayaks»ga o‘tishi mumkin. Amsterdam klubi ispaniyalik futbolchini transfer qilish ustida faol ishlamoqda – mashhur insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, «qaymoqranglilar» bilan muzokaralar jadal sur’atda oldinga siljimoqda.

Potensial transfer qiymati taxminan 6 million yevroga baholanmoqda. Dani Sebalyosning «Real» bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.

Avgust oyida 30 yoshga to‘ladigan yarim himoyachining Transfermarkt portalidagi hozirgi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda futbolchi Madrid jamoasi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo birorta ham samarali harakat (gol yoki assist) qayd etmagan.

Kiritildi: 12:59, 03.06.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик