Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jurnalist Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi haqida: «Hammasini uning Simeone bilan suhbati hal qilishi mumkin»

Jurnalist Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi haqida: «Hammasini uning Simeone bilan suhbati hal qilishi mumkin»

Baho:
+ | -

Xulian Alvaresning «Atletiko»dan «Barselona»ga ehtimoliy transferi hozirda futbol olamidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi yozgi transfer oynasida Kataloniya klubiga o‘tishni istamoqda va bu haqda «matraschilar»ni ogohlantirgan.

Madrid klubi rahbariyati esa hamon bitimni rad etmoqda va «ko‘k-anorranglilar» bilan muzokara olib borishni istamayapti. Jurnalist Fernando Poloning fikricha, agar futbolchi bevosita bosh murabbiy Diyego Simeonega murojaat qilsa, vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin.

«O‘ylaymanki, Xulian Diyego Simeone oldiga borib: «Eshit, men o‘zimni endi «Atletiko»da ko‘rmayapman, meni qo‘yib yubor», desa, hammasi hal bo‘ladi. Menimcha, Cholo (Simeone), har qanday boshqa murabbiy kabi, jamoada baxtsiz bo‘lgan va ketishni istagan o‘yinchini olib qolishni xohlamaydi», — dedi «Mundo Deportivo» nashri vakili.

Mish-mishlarga ko‘ra, «Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga 100 million yevro evaziga sotishdan bosh tortgan.

Kiritildi: 13:06, 03.06.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик