«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen katta ehtimol bilan klubda qoladi. Daniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi oy oxirida o‘z nihoyasiga yetadi, ammo tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi jurnalist Roxer Torelyo.
«Barselona»da 30 yoshli futbolchining kelajagi borasida hech qanday xavotir va shubha yo‘q. Endi faqat kerakli hujjatlarni tayyorlash va imzolash qoldi, xolos.
Ma’lum bo‘lishicha, Andreas Kristensenga Angliya, Italiya va Gresiya klublaridan ancha foydaliroq takliflar bo‘lgan, ammo u «Barselona»da qolishga qaror qilgan. Shartnoma yana ikki yilga uzaytirilishi kutilmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchiga ishonadi va uning tajribasini qadrlaydi, bu esa hamkorlikni davom ettirish haqidagi qarorning asosiy sababi bo‘ldi.













