Kirish Ro'yxatdan o'tish

Martines top-klub bilan muzokaralar olib bormoqda

Martines top-klub bilan muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines «Yuventus»ning transfer maqsadlari qatorida qolmoqda. Insayder Nikolo Skiraning eksklyuziv hisobotiga ko‘ra, turinliklar allaqachon amaliy qadamlarga o‘tishgan – yaqinda «keksa sinyora» vakillari darvozabonning agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Argentinalik posbon yozgi transfer oynasida «Aston Villa»ni tark etishni istamoqda. A Seriya grandi uchun asosiy muammo sifatida Jahon chempionining yuqori maoshi ko‘rsatilmoqda.

«Transfermarkt» versiyasiga ko‘ra, Emiliano Martinesning taxminiy qiymati 15 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda 33 yoshli posbon Unai Emeri boshqaruvidagi jamoa safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 13:14, 03.06.2026.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик