Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Loris Karius «Shalke»da qolish uchun xorijdan kelgan takliflarni rad etdi

Loris Karius «Shalke»da qolish uchun xorijdan kelgan takliflarni rad etdi

Baho:
+ | -

«Shalke» darvozaboni Loris Karius yaqin orada Germaniya klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Germany nashri xabar bermoqda. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida bo‘lib, yangi bitimning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.

Ta’kidlanishicha, darvozabonning o‘zi xorijdan kelgan takliflarga qaramay, faoliyatini Gelzenkirxenda davom ettirishdan manfaatdor. Yangi shartnoma moliyaviy shartlarning yaxshilanishini ko‘zda tutadi. Kelishuv imzolangan taqdirda, Karius jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

31 yoshli darvozabon «Shalke» safiga 2025 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan edi. Yakunlangan mavsumda u Ikkinchi Bundesligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 24 ta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 17:10, 03.06.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик