PSV yarim himoyachisi Ismael Saybari «Bavariya»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.
Klublar muzokaralarning yakuniy bosqichida bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, futbolchi «Bavariya» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan. Shartnoma 2031 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Shuningdek, manbaning qayd etishicha, futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi AQSHda rejalashtirilgan. U ayni paytda Marokash terma jamoasi safida jahon chempionati uchun ushbu mamlakatda bo‘lib turadi.
O‘tgan mavsumda hujumkor yarim himoyachi barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va sheriklariga 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













