Myunxenning «Bavariya» klubi «Gerta» yarim himoyachisi Kennet Ayxgornni o‘z safiga qo‘shib olishdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klub sport direktori Maks Eberl 16 yoshli futbolchining transferiga qiziqish bildirgan va o‘yinchining vakillari bilan aloqada bo‘lgan.
Biroq «Bavariya» rahbariyati bir necha oy oldinroq kelishuv borasida shubha bildirgan edi, so‘nggi muzokaralar esa klubning bu qarorini yanada mustahkamladi.
Rad etishning asosiy sabablaridan biri — bo‘lajak transferning moliyaviy shartlari bo‘ldi. O‘yinchi, uning oilasi va vakillari uchun to‘lanadigan imzo bonusi o‘n million yevrodan ortiq bo‘lishi mumkin edi.
Ta’kidlanishicha, kontraktni imzolash uchun to‘lanadigan summa «Gerta» klubi oladigan kompensasiyadan oshib ketishi mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, «Bavariya» o‘z tarbiyalanuvchilarini rivojlantirishni ustuvor vazifa deb biladi. Klub ijaradan qaytayotgan yarim himoyachi Noel Aseko, shuningdek, mushak jarohatidan tiklanayotgan akademiya tarbiyalanuvchisi David Santosga ishonch bildirmoqda.
Myunxen klubi rad javobini berganiga qaramay, Ayxgornga bo‘lgan qiziqish saqlanib qolmoqda. Yosh futbolchi atrofidagi vaziyatni «Bayer» va «RB Leypsig» klublari kuzatib bormoqda.













