«Manchester Yunayted» «Brentford» hujumchisi Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
24 yoshli braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bevosita Joshua Zirkzeening kelajagiga bog‘liq. Manchesterliklar yangi o‘yinchi sotib olish variantini faqatgina niderlandiyalik forvard jamoani tark etgan taqdirdagina ko‘rib chiqishadi.
2025/26 yilgi mavsumda Tyago «Brentford» safida barcha turnirlarda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, «Old Trafford»da ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Zirkzee 26 ta o‘yinda atigi 2 ta gol bilan cheklandi.
Ta’kidlanishicha, braziliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqish Jahon chempionatidan keyin yanada ortishi mumkin. Tyagoning Transfermarkt portali bo‘yicha bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.













