Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo «Real»ga 15 million yevroga tushadi

Mourinyo «Real»ga 15 million yevroga tushadi

Baho:
+ | -

Record xabariga ko‘ra, «Real» bosh murabbiy Joze Mourinyo uchun 15 million yevro miqdoridagi tovon pulini kelgusi haftada to‘lab berishi haqida «Benfika»ni ogohlantirdi.

Tomonlar portugaliyalik mutaxassisni ishga olish bo‘yicha kelishuvga ega edi va Madrid klubi 7 million yevro to‘lashga tayyor edi. Biroq, shartnomaga ko‘ra, iyun oyidan boshlab tovon puli 15 million yevrogacha oshdi. Kechikish «Real»da prezidentlik saylovlari o‘tkazilayotgani bilan bog‘liq.

Chorshanba kuni, 3 iyul kuni «Real» prezidenti Florentino Peres jonli efirda o‘z g‘alabasidan so‘ng klubning dastlabki xaridlari Joze Mourinyo va «Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate (uning shartnomasi 1 iyul kuni yakunlangan) bo‘lishini ma’lum qildi.

2025/26 yilgi mavsumda «Real» 86 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Turnir g‘olibi esa 94 ochko bilan «Barselona» bo‘ldi.

Kiritildi: 07:50, 04.06.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик