«PSJ» yarim himoyachisi Joau Nevesh klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Le Parisien xabariga ko‘ra, parijliklar rahbariyati portugaliyalik futbolchidan mamnun va uni yaxshilangan mehnat shartnomasi bilan rag‘batlantirishga qaror qildi: yangi kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, xavbekning maoshi oshadi. Amaldagi shartnoma 2029 yilda o‘z nihoyasiga yetardi.
Joau Nevesh 2024 yil yozida «Benfika»dan sotib olingan edi. O‘tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi Luis Enrike jamoasi safida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» joriy mavsumni Fransiya chempioni va Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida yakunladi.













