Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Arshavin bo‘lajak 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Jahon chempionati favoritlari? Ispaniya, Fransiya, Angliya. Kim muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin? Bilmayman. Kutilmagan jamoa — Kolumbiya», — dedi Arshavin.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyun kuni Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jami 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadigan turnir 19 iyulga qadar davom etadi. Bu safar mundial bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatda: AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan jahon chempionati g‘olibi Argentina terma jamoasi bo‘lgandi. Bu jahon kubogi Lionel Messi uchun faoliyatidagi birinchisi edi.













