«Barselona»ning 19 yoshli yarim himoyachisi Mark Bernal yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda «Catalunya Radio» jurnalisti Rojer Arbuza xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Bernal klub va murabbiylar shtabi tomonidan ko‘rsatilgan ishonchdan, ayniqsa o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmidagi munosabatdan juda mamnun. Mish-mishlarga ko‘ra, xavbekka ko‘plab takliflar bo‘lgan, ammo u «ko‘k-anorranglilar» lagerini tark etish niyatida emas. Jurnalist Bernal o‘z hayotidagi asosiy klub bo‘lgan «Barselona»da qolishiga 1000% kafolat bermoqda.
Mark Bernal — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













