Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Jezus transferini ko‘rib chiqmoqda

«Yuventus» Jezus transferini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Kanonirlar» shartnoma muddati bir yildan so‘ng yakunlanishiga qaramay, braziliyalik futbolchini sotishga majbur emas, biroq «munosib» takliflarni mamnuniyat bilan o‘rganib chiqadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» vaziyatni kuzatib bormoqda. Agar London klubi yangi hujumchi sotib olsa, 29 yoshli braziliyalikning jamoadan ketish ehtimoli ortishi mumkin.

«Transfermarkt» portali Gabriel Jezusning narxini 17 million yevroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi Mikel Arteta jamoasi safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:25, 04.06.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик