Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» 16 yoshli vunderkindni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Liverpul» 16 yoshli vunderkindni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Gerta» yarim himoyachisi Kennet Ayxxorn faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin. «Sky Sport Germany» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi 16 yoshli futbolchining transferi ustida faol ish olib bormoqda va so‘nggi kunlarda ehtimoliy kelishuv bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu iqtidorli yarim himoyachiga Bundesliganing ko‘plab klublari va Yevropa grandlari da’vogarlik qilmoqda, biroq ayni paytda aynan «Liverpul» eng katta faollikni ko‘rsatmoqda.

Xabar qilinishicha, Ayxxornning o‘zi hali uzil-kesil bir qarorga kelmagan, ammo yaqin orada o‘z kelajagini belgilab olishi kerak. Qo‘shimcha qilish joizki, 16 yoshli futbolchining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 16:48, 04.06.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик