Leverkuzenning «Bayer» klubi Karles Martines jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi. 42 yoshli ispaniyalik mutaxassis klub bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi va o‘z vazifasini bajarishga 1 iyuldan kirishadi.
Murabbiyning so‘nggi ish joyi Fransiyaning «Tuluza» klubi bo‘lgan edi va u mavsum yakunlanganidan keyin ushbu jamoani tark etdi. Ortda qolgan chempionatda uning qo‘l ostidagi jamoa 9-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Martines faoliyati davomida Quvayt yoshlar terma jamoasida ham ishlagan.
«Bayer» klubida u bir yillik faoliyatdan so‘ng jamoani tark etayotgan Kasper Yulmannning o‘rnini egallaydi. Yulmann qo‘l ostida leverkuzenliklar Germaniya Kubogi yarim finaliga hamda Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga qadar yetib borishgan edi.
Klub sport direktori Simon Rolfes Martinesning klub falsafasiga to‘liq mos kelishini ta’kidlab o‘tdi — u yosh futbolchilarni rivojlantirish va aniq o‘yin g‘oyasiga ega bo‘lgan jamoalarni shakllantirish bo‘yicha katta tajribaga ega.













