Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reshford APL grandlarini rad etdi: U faqat «Barselona»da o‘ynamoqchi

Reshford APL grandlarini rad etdi: U faqat «Barselona»da o‘ynamoqchi

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda «Barselona» Markus Reshfordni «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi.

Kataloniyaliklarda futbolchini 30 million yevroga sotib olish huquqi mavjud. Biroq «ko‘k-anorranglilar» buncha mablag‘ to‘lashni istamayapti va summani kamaytirish maqsadida «qizil iblislar»ga muzokaralar o‘tkazishni taklif qilmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Reshfordni boshqa jamoalar ham o‘z tomoniga og‘dirib olishga harakat qilgan. Xususan, «Arsenal», «Nyukasl Yunayted» va «Tottenxem Xotspur» futbolchiga takliflar bilan chiqqan. Ammo hujumchi ushbu takliflarni rad etgan.

Futbolchining o‘zi faqat «Barselona»da o‘ynashni xohlamoqda. Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» kataloniyaliklar bilan yangi sotib olish summasini muhokama qilishga tayyor.

Kiritildi: 23:09, 04.06.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик