Fabio Grosso «Sassuolo»ni tark etdi.
Italiya klubi bosh murabbiy bilan shartnoma ikki tomonning o‘zaro roziligiga ko‘ra bekor qilinganini e’lon qildi. Grosso jamoani 2024 yilning iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. A Seriyaning yakunlangan mavsumi natijalariga ko‘ra, «Sassuolo» 49 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘rinni egalladi.
Avvalroq, Fabio «Fiorentina» bilan ikki yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.













