Madridning «Real» klubi bosh murabbiy Joze Mourinyo uchun «Benfika»ga 15 million yevro to‘laydi, deyiladi Portugaliya klubining rasmiy bayonotida.
Avvalroq, «Real» 7 million o‘rniga 15 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgan edi, chunki 63 yoshli mutaxassisning shartnomasidagi tovon puli iyun oyidan boshlab oshib ketgan. Murabbiy tayinlanishining kechikayotgani «Real»da 7 iyunga belgilangan prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq.
«Benfika»ning ma’lum qilishicha, «Real» prezidentligiga nomzod Florentino Peres agar saylovda g‘alaba qozonsa, Joze Mourinyo bilan shartnoma imzolash niyati qat’iy ekanligini bildirgan. Voqealarning bunday rivojida shartnoma unda ko‘rsatilgan bandga muvofiq 15 million yevro evaziga bekor qilinadi», — deyiladi «Benfika» bayonotida.
Mourinyo — «Real»ning amaldagi prezidenti Florentino Peres ilgari surgan nomzod hisoblanadi. Avvalroq, uning raqibi Enrike Rikelme agar saylovda g‘alaba qozonsa, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetani olib kelish borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda «Real» 86 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Turnir g‘olibligini esa 94 ochko bilan «Barselona» qo‘lga kiritdi.













