Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Marsel» Jenezyo bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

«Marsel» Jenezyo bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

May oyida «Lill» klubini tark etgan fransiyalik mutaxassis Bruno Jenezyo shaxsiy sabablarga ko‘ra Liga 1 da qoladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda RMC Sport.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 59 yoshli fransuz «Marsel» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutiladi. U yangi jamoaga o‘zining murabbiylar shtabi bilan birgalikda tashrif buyuradi.

2025/26 yilgi mavsumda «provansaliklar»ni Roberto De Dzerbi va Abib Beye boshqardi. Jamoa Liga 1 turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bunga qadar Jenezyo «Renn», «Beyszin Goan», «Lion», «Rasing Bezanson» va «Vilfransh» klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 05:55, 05.06.2026.
O'qildi: 421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик