Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesh bilan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi

«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesh bilan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni keyinga qoldirishga qaror qildi.

«Qizil iblislar» kapitanining amaldagi kelishuvi 2027 yilda yakuniga yetadi, biroq klub rahbariyati u bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashdan manfaatdor. Shunga qaramay, Mirror nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar ushbu masala muhokamasini vaqtincha to‘xtatib turishibdi.

Qayd etilishicha, «MYU» rahbariyati bu vaziyatda xotirjamlikni saqlamoqda va shoshilishga hech qanday sabab yo‘q deb hisoblaydi. Katta ehtimol bilan, muzokaralar joriy yilning oxiriga qadar qayta tiklanadi.

Sentyabr oyida Brunu Fernandesh 32 yoshni qarshi oladi. Portugaliyalik yarim himoyachi 2020 yilning boshidan buyon Angliya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 09:15, 05.06.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик