«Manchester Yunayted» klubi direktori Omar Berrada jamoa kapitani Brunu Fernandesh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyalik yarim himoyachi Angliyadagi faoliyati davomidagi ehtimol eng yorqin mavsumini o‘tkazdi. «Qizil iblislar» yetakchisi bir mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha (21 ta assist) Premyer-liga rekordini yangiladi.
«Brunu — fantastik sardor, haqiqatan ham ajoyib yetakchi. Albatta, biz uning jamoada qolishini xohlaymiz. U ushbu mavsumda nafaqat yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatdi, balki eng muhimi, o‘zining qanday yetakchi ekanligini barchaga isbotladi. Odamlar uning maydondan tashqarida o‘zini qanday tutishini ko‘rishmaydi. Shubhasiz, u maqtovlarning eng yuqorisiga loyiq», — deya Berradaning so‘zlarini keltiradi centredevils.
Ma’lumot uchun, Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.













