Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kannavaro: "Kanadaga munosib qarshilik ko‘rsatdik"

Kannavaro: "Kanadaga munosib qarshilik ko‘rsatdik"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z Instagram sahifasida mundialga tayyorgarlik haqida post joyladi.

"Biz buni his qilib turibmiz. Tobora yaqinlashib kelayotgan ilk jahon chempionatimiz uchun tinimsiz mehnat qilyapmiz.

Kanadaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (0:2) mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, munosib qarshilik ko‘rsatdik va ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. Faqat ulardan unumli foydalana olmadik, xolos. Endi bizni o‘z imkoniyatlarimizni, xususan, ayni damda qaysi bosqichda turganimizni bilib olishga yordam beradigan navbatdagi jiddiy sinov kutmoqda.

Dushanba kuni Niderlandiyaga qarshi maydonga tushamiz va eng yuqori darajadagi futbolchilarga qarshi o‘z kuchimizni sinovdan o‘tkazamiz. Buyuk orzular aynan mana shunday quriladi: kichik qadamlar bilan bosqichma-bosqich ilgarilab boriladi", - deb yozgan italiyalik mutaxassis.

Kiritildi: 10:19, 05.06.2026.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик