«Liverpul» klubi va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs Londonning «Chelsi» klubiga o‘tmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, «aristokratlar» rahbariyati germaniyalik vingerni sotib olish variantini ko‘rib chiqmayapti. Virs o‘ziga katta ishonch bildirilayotgan «Liverpul» jamoasida qoladi.
Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumida Florian mersisaydliklar safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 23 yoshli nemis futbolchisi o‘z hisobiga 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda o‘yinchining transfer bahosi 100 million yevroga baholanmoqda.













