Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» «Yuventus»dan Niko Gonsales transferini yakunlashga yaqin turibdi

«Atletiko» «Yuventus»dan Niko Gonsales transferini yakunlashga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Argentinalik vinger Niko Gonsales Turinning «Yuventus» klubidan Madridning «Atletiko» jamoasiga doimiy asosda ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar juda muvaffaqiyatli tarzda oldinga siljimoqda. Futbolchining o‘zi «Atletiko» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Unga ko‘ra, vinger madridliklar safida mavsumiga 4 million yevro maosh (plyus bonuslar) oladi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» Gonsalesni o‘tgan yozda ijaraga olgan edi. «Matraschilar» tarkibida futbolchi barcha musobaqalarda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Niko Gonsalesning bozor qiymati 24 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:20, 05.06.2026.
O'qildi: 201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик