Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» «Liverpul» sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi

«Tottenxem» «Liverpul» sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» «Liverpul» bilan shartnomasi yakuniga yetgach, klubni tark etgan himoyachi Endryu Robertson bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. 32 yoshli shotlandiyalik futbolchi 1 iyul kuni erkin agent maqomida «shporlar» safiga borib qo‘shiladi.

Klub rahbariyati futbolchining boy tajribasi, yetakchilik fazilatlari va ulkan yutuqlarini alohida e’tirof etib, u jamoaning yuqori natijalar uchun kurashida katta yordam berishiga ishonch bildirdi.

Robertson 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelayotgan edi va mersisaydliklar tarkibida to‘qqiz mavsumni o‘tkazdi. Bu vaqt ichida himoyachi barcha turnirlarda deyarli 300 ta uchrashuvda maydonga tushib, Chempionlar Ligasi, APLning ikkita chempionlik tituli, Angliya Kubogi, ikki bor Angliya Liga Kubogi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 17:30, 05.06.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик