Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» va «Arsenal» «Real» ko‘z tikkan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

«Liverpul» va «Arsenal» «Real» ko‘z tikkan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bundan oldinroq, klubdagi prezidentlik saylovlaridan so‘ng «qaymoqranglilar» boshqaruvini qo‘lga olishi kutilayotgan Joze Mourinyo 21 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni shaxsan istayotgani va uni xarid qilinishi kerak bo‘lgan yangi o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

AS nashrining yozishicha, «Vest Xem»ning APLdan tushib ketgani ehtimoliy transfer jarayonini yanada osonlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, «Real» hamda futbolchining agenti — ayni paytda Mourinyuning ham manfaatlarini himoya qiluvchi Jorje Mendesh o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar ham ushbu o‘tishda muhim omil bo‘lishi aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, yarim himoyachiga «Liverpul» va «Arsenal» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Vest Xem» esa o‘z futbolchisining sotuvidan taxminan 80 million funt sterling ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Kiritildi: 17:43, 05.06.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик