Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endryu Robertson «Tottenxem» muxlislariga videomurojaat yo‘lladi

Endryu Robertson «Tottenxem» muxlislariga videomurojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning yangi a’zosi Endryu Robertson transferi rasman tasdiqlanganidan so‘ng ilk fikrlarini bildirdi. Tajribali himoyachi Roberto de Dzerbi davrida «shporlar»ning amalga oshirgan ilk xaridi bo‘ldi.

Himoyachi «Liverpul» bilan shartnomasi muddati tugaganidan keyin, 1 iyul kuni rasman «Tottenxem» safiga borib qo‘shiladi. Robertson muxlislarga yo‘llagan maxsus videomurojaatida kelishuv amalga oshganidan keyingi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi:

«Salom, «Tottenxem» muxlislari, men Endi Robertsonman. Ko‘rib turganingizdek, men hozir Amerikadaman va Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapman. Sizlarga qisqagina xabar yo‘llab, klubingiz sharafini himoya qilishni intizorlik bilan kutayotganimni aytmoqchi edim.

Sizlar bilan uchrashishni, o‘z ishqibozlarimiz qarshisida stadiondagi ilk o‘yinni o‘tkazishni sabrsizlik bilan kutyapman va yangi mavsumni intizorlik bilan sog‘inyapman. Sizlarga eng ezgu tilaklarimni tilayman, tez orada ko‘rishamiz».

Futbolchining yangi jamoasi bilan imzolagan shartnomasi muddati hozircha ochiqlanmagan.

Kiritildi: 19:11, 05.06.2026.
O'qildi: 278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик