Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yulduz hujumchisi Neymarning holati haqida gapirib o‘tdi. Ma’lumki, yaqindagina «Santos» klubi forvardi jarohat olgan edi.
«Neymarning jismoniy holatimi? Uning vaziyati juda aniq, u hozir yakka tartibda ko‘p mehnat qilmoqda. Ertaga u MRT ko‘rigidan o‘tadi va agar hamma narsa joyida bo‘lsa, u keyingi haftadan jamoa bilan birga mashg‘ulotlarni boshlay oladi», — deya Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da) Marokash terma jamoasiga qarshi boshlaydi. Shundan so‘ng, «selesao» guruh bosqichida Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













