Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antoni Ronaldu bergan maslahatlar haqida gapirib berdi

Antoni Ronaldu bergan maslahatlar haqida gapirib berdi

Baho:
+ | -

«Betis» vingeri Antoni ilgari «Manchester Yunayted»da birga to‘p surgan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

«Krishtianu Ronaldu — ajoyib inson, juda quvnoq va xushmuomala. U menga: «Qaysi kuni ichingda hayajonni his qilmay qo‘ysang, o‘shanda ehtiyot bo‘lishing kerak», — degan edi. «Arsenal»ga qarshi debyut o‘yinimdan oldin u meni tinchlantirib, dastlabki teginishlarimni xotirjam amalga oshirishimni, qolgan hamma narsani esa undan oldin ham juda yaxshi uddalay olganimni aytgandi», — deya Antonining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal portali Podpah podkastiga tayanib.

Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr» sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 20:21, 05.06.2026.
O'qildi: 324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик