Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas klubda bo‘lajak prezidentlik saylovlari atrofidagi shov-shuvlar borasida o‘z fikrini bildirdi. Ovoz berish jarayoni 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Marca portalining «Real»ga kelishi mumkin bo‘lgan shaxslar, jumladan, Joze Mourinyo va Erling Xoland haqidagi savoliga Kasilyas quyidagicha javob qaytardi:
«Yakunda bularning barchasidan biz — yutamiz. Klub farovonligi yo‘lida hamma narsani to‘g‘ri bajarishni xohlaydigan nomzodlarning borligi — juda yaxshi. Keyin esa har kim o‘zi ma’qul deb bilgan nomzodga ovoz beradi. Bu kabi nomlarning tilga olinishi faqat quvontiradi.
Xoland Mbappe va Vinisius bilan bir jamoada til topishib keta oladimi? Bilmadim, bu juda qiziq bo‘lardi. Ko‘ramiz, yakshanba kuni nima bo‘larkin. Kim kelishidan qat’i nazar, asosiysi — bu Madrid uchun eng yaxshisi bo‘lishi kerak».
Bo‘lajak saylovlarda Kasilyas uzoq yillardan beri klubning amaldagi rahbari Florentino Peresga birinchi marta raqobatchi bo‘layotgan Enrike Rikelme jamoasi vakili sifatida ishtirok etmoqda.













