«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri 2024 yilda o‘zi qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p» sovrini haqida fikr bildirdi.
«Men buni orzu deb atamagan bo‘lardim. Men shunchaki ushbu mukofotni yuta olishimga ishonmasdim. Hayot kutilmagan sovg‘alar taqdim etadi. Aslini olganda, men bunga loyiq bo‘lganidan ortiqcha baho bermayman, garchi bu juda muhim bo‘lsa ham. Bu eng zo‘r deb tan olinishni anglatadi. Bu yaxshi bajarilgan ishning samarasi bo‘ldi. Menga ovoz bergan va bu yutuqni tan olgan insonlardan minnatdorman. Bu men va oilam uchun juda alohida voqea bo‘lgan edi», — deya Rodrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal portali DAZN telekanaliga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, Rodri Ispaniya terma jamoasi bilan Yevro-2024 turniridagi g‘alabadan so‘ng «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.













