Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe yulduz futbolchini maqtadi: "Bu men "Monako"da ko‘rgan eng iqtidorli futbolchi"

Mbappe yulduz futbolchini maqtadi: "Bu men "Monako"da ko‘rgan eng iqtidorli futbolchi"

Baho:
+ | -

Hujumchi Kilian Mbappe o‘zining sobiq jamoadoshiga yuqori baho berdi. Gap hujumkor yarim himoyachi Bernardu Silva haqida ketmoqda.

"Men "Monako"da ko‘rgan eng iqtidorli futbolchi Bernardu Silva edi. Uning texnik mahorati, maydonni ko‘ra olish qobiliyati va intellekti unga doim boshqalardan bir qadam oldinda yurish imkonini berardi. Bernardu Silva ajoyib futbolchi edi. U "Monako"ning chempionlik unvonini qo‘lga kiritishida bosh me’mor bo‘lgan", — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Bernardu Silva "Monako"dan ketganidan keyin "Manchester Siti" safida to‘qqiz mavsum o‘tkazdi. Yaqindagina portugaliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi grandi bilan xayrlashdi. OAVdagi mish-mishlar Bernarduni "Barselona"ga o‘tishi bilan faol ravishda bog‘lamoqda.

Kiritildi: 23:05, 05.06.2026.
O'qildi: 293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик