A Seriya rasmiy saytida 2026/2027 yilgi mavsum uchun o‘yinlar taqvimi e’lon qilindi. Keling, Italiya keyingi chempionatining dastlabki turida qaysi jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishini ko‘rib chiqamiz.
A Seriya, 1-tur juftliklari:
-
"Atalanta" - "Sassuolo";
-
"Bolonya" - "Lasio";
-
"Frozinone" - "Yuventus";
-
"Djenoa" - "Napoli";
-
"Inter" - "Monsa";
-
"Parma" - "Kalyari";
-
"Roma" - "Fiorentina";
-
"Torino" - "Milan";
-
"Udineze" - "Komo";
-
"Venesiya" - "Lechche".
Italiya chempionati birinchi tur uchrashuvlarining asosiy kuni etib 23 avgust belgilangan.
A Seriyaning yangi mavsumidagi dastlabki yirik to‘qnashuvlar 3-turga to‘g‘ri keladi. Ushbu tur o‘zida uchta intrigaga boy bahsni jamlaydi: "Yuventus" - "Milan", "Inter" - "Napoli" va "Roma" - "Atalanta".













