Kirish Ro'yxatdan o'tish

Serxio Ramos Rossiya klubida o‘ynashdan bosh tortdi

Serxio Ramos Rossiya klubida o‘ynashdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

"Real" klubi sobiq sardori Serxio Ramos 1 yanvardan beri erkin agent maqomida bo‘lib turibdi, u hozircha biror klub bilan shartnoma imzolagani yo‘q.

El Chiringuito TV ko‘rsatuvida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali himoyachida Rossiyadan juda foydali taklif bo‘lgan. Manbaning xabariga ko‘ra, Rossiya klubi Ramosga uch oylik to‘p surishi uchun "toza" 8 million yevro maosh taklif qilgan. Biroq Serxio bu taklifni rad etgan.

"Real" sobiq futbolchisiga aynan qaysi klub taklif bilan chiqqaniga aniqlik kiritilmagan.

Serxio Ramos faoliyati davomida "Sevilya", "Real", "PSJ" va "Monterrey" klublarida to‘p surgan. Hozirda himoyachi 40 yoshda.

Kiritildi: 23:14, 05.06.2026.
O'qildi: 426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик