Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe: "Barselona" muxlislaridan tashqari hamma "Real"ning dunyodagi eng buyuk klub ekanligini biladi"

Mbappe: "Barselona" muxlislaridan tashqari hamma "Real"ning dunyodagi eng buyuk klub ekanligini biladi"

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o‘zi to‘p surayotgan klubning maqomi haqida fikr bildirdi. Fransuz futbolchisi "Real"ni dunyodagi eng buyuk klub deb hisoblaydi.

"Barselona" muxlislaridan tashqari hamma "Real"ning dunyodagi eng buyuk klub ekanligini biladi", — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri Sorarega tayanib.

Kilian Mbappe "Real" tarkibiga 2024 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri hujumchi klub miqyosida 103 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 86 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ta’kidlash joizki, Mbappe ikki mavsum davomida "Real" bilan bor-yo‘g‘i ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi: UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubok. La Liganing yakunlangan so‘nggi mavsumini esa "qaymoqranglilar" ikkinchi o‘rinda yakunlashdi.

Kiritildi: 23:25, 05.06.2026.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик