«Barselona» vise-prezidenti Rafa Yuste Madridning «Atletiko» klubi tomonidan berilgan va shov-shuvga sabab bo‘lgan postlarga munosabat bildirdi. Yaqindagina «matraschilar» matbuot xizmati Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni masxara qilib chiqqan edi. Shuningdek, madridliklarning rasmiy akkaunti hazil va piching aralash «ko‘k-anorranglilar» yulduzlari — Rafinya, Pedri va Lamin Yamal bilan shartnoma imzolanganini e’lon qilgandi.
«Atletiko»ning o‘sha postlari — juda xunuk ish. Bizningcha, etika hamma narsadan ustun turishi kerak. Biz o‘rnak bo‘lishimiz lozim. Bularning barchasi bizning transfer rejalarimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Deku o‘z ishini davom ettirmoqda», — deya ispaniyalik OAV Yustening so‘zlarini keltirmoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, «Barselona» Alvares uchun 100 million yevro taklif qilgan, biroq «Atletiko» muzokaralar olib borishni rad etgan.













