Kirish Ro'yxatdan o'tish

Leau «Milan»dan ketganidan keyin qayerda o‘ynamoqchi ekanligini aytdi

Leau «Milan»dan ketganidan keyin qayerda o‘ynamoqchi ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau klub almashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 26 yoshli futbolchi yaqin orada Italiyani tark etish niyatida ekanligini allaqachon tan oldi. Yaqinda bergan intervyusida portugaliyalik yulduz faoliyatini qayerda davom ettirmoqchi ekanligini ochiqladi.

«Men A Seriyadan tashqarida yangi chorlovni qabul qilmoqchiman. Angliya Premyer-ligasini katta qiziqish bilan kuzatib boraman — agar u yerda yoki La Ligada o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lsa, juda xursand bo‘lardim. Menimcha, bu chempionatlarda mening iqtidorim yanada yorqinroq namoyon bo‘lgan bo‘lardi. Ko‘ramiz, bu yozda nimalar sodir bo‘lar ekan», — dedi hujumchi SportTV bilan suhbatda.

Leau 2019 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. 10 iyun kuni «rossonerilar» yulduzi 27 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 12:41, 06.06.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик