«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Vilya sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi. Ispaniya milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar 2010 yildan 2013 yilgacha «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilgan va u yerda argentinalik yulduz bilan birga to‘p surgan.
«Messining futbolga va umuman sportga ko‘rsatgan ta’siri mutlaqo inkor etib bo‘lmasdir. «Barsa»da o‘ynab yurgan kezlarimda 49 ta gol urganman — ularning deyarli barchasi Leo bergan uzatmalardan keyin sodir bo‘lgan. Men hech qachon unga o‘xshash futbolchini ko‘rmaganman. Messi — eng yaxshisi», — deya Barca Universal nashri Vilyaning so‘zlarini keltiradi.
Lionel Messi Kataloniya klubini 2021 yilda tark etgan edi, 2023 yildan buyon esa MLSda «Inter Mayami» safida to‘p surib kelmoqda.













