Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kukurelyaning «Barselona»ga qaytishi boshqa bir futbolchiga bog‘liq

Kukurelyaning «Barselona»ga qaytishi boshqa bir futbolchiga bog‘liq

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya ma’lum bir shart bajarilsa, «Barselona»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. «Ko‘k-anorranglilar» o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda, biroq agar klubda Alexandro Balde qolsa, bu transfer ustida ish boshlashlari amrimahol, deb xabar bermoqda «Marca».

22 yoshli futbolchi Xans-Diter Flik jamoasida asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotganidan norozi bo‘lsa-da, baribir klubdan ketishni istamayapti. Shuningdek, yosh ispaniyalikni «Barselona»ning Joau Kanseluni to‘liq sotib olish niyati ham quvontirmayapti, chunki portugaliyalik futbolchi, katta ehtimol bilan, uning pozisiyasini egallaydi.

Transfermarkt portali ekspertlari Kukurelya va Baldening transfer qiymatini bir xil — 50 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:48, 06.06.2026.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик