«Yuventus» klubi hujumchi Kenan Yildizni o‘z safida olib qolish borasida qat’iy qarorga kelgan. 21 yoshli futbolchi yaqin kelajakda Turin klubini tark etishi kutilmayapti.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda «keksa sinyora» rahbariyati turkiyalik futbolchini sotish imkoniyatini butunlay inkor etmoqda. «Yuventus» hatto 80-90 million yevro miqdorida taklif tushgan taqdirda ham, transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormaydi.
Kenan Yildiz shu yilning fevral oyida «byankonerilar» bilan shartnomasini uzaytirgan edi — yangi kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda hujumchi 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













