Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marotta Palestraning transferi va Dyumfrisning «Real»ga o‘tayotgani haqidagi savolga javob berdi

Marotta Palestraning transferi va Dyumfrisning «Real»ga o‘tayotgani haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta klubning transfer rejalariga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Yaqin orada «neradzurrilar» safini o‘ng qanot laterali Denzel Dyumfris tark etadi — u Madridning «Real» klubi taklifiga rozilik berib bo‘lgan. Tajribali niderlandiyalik futbolchining o‘rnini esa «Atalanta»ning 21 yoshli a’zosi Marko Palestra egallashi kutilmoqda.

«Palestra — katta iqtidor egasi, biroq u «Atalanta»ga tegishli. Men uning muvaffaqiyatlaridan xursandman, chunki bu butun Italiya futboli uchun foydali. Uni bizga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar bir oz bo‘rttirib yuborilgan. Dyumfrisning «Real»ga o‘tishga yaqin turgani va ular bir xil pozisiyada o‘ynashi ayni haqiqat, ammo Palestra transferi bo‘yicha ishlar hali boshlang‘ich bosqichda turibdi», — deya TMW nashri Marottaning so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Marko Palestra yakunlangan mavsumni ijara asosida «Kalyari» klubida o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 13:05, 06.06.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик