Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe: «Van Deyk o‘z pozisiyasida dunyoning eng zo‘ri edi, u haqiqiy mahluq kabi o‘ynardi»

Mbappe: «Van Deyk o‘z pozisiyasida dunyoning eng zo‘ri edi, u haqiqiy mahluq kabi o‘ynardi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe markaziy himoyachi Virjil van Deyk haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 27 yoshli forvard «Liverpul» va Niderlandiya terma jamoasi sardoriga qarshi bahslarga doimo alohida ishtiyoq bilan yondashganini tan oldi.

«Uch-to‘rt yil oldin maydonda Van Deykka qarshi o‘ynash menga juda yoqardi, chunki u o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi himoyachisi degan nomga ega edi — va bu haqiqatan ham shunday edi. U haqiqiy mahluq edi», — deya The Touchline nashri Mbappening so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyun kuni fransuzlar Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi, 16 iyun kuni esa JCH-2026 guruh bosqichining 1-turi doirasida Senegal terma jamoasi bilan to‘qna kelishadi.

Kiritildi: 13:12, 06.06.2026.
O'qildi: 177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик