Londonning «Arsenal» klubi «Pari Sen-Jermen» himoyachisi Emmanuel Mbembani sotib olishga qiziqish bildirmoqda. 18 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida Parij klubi safini tark etishi taxmin qilinmoqda.
«Kanonirlar» vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda va istiqbolli fransuz futbolchisini jamoaga taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda, deb xabar beradi jurnalist Benjamen Kuare. Agar ushbu transfer amalga oshsa, Angliya grandi katta ehtimol bilan futbolchini tajriba to‘plashi uchun darhol boshqa klubga ijaraga berib yuboradi.
Emmanuel Mbemba hozirda «PSJ»ning yoshlar jamoasida to‘p suradi, parijliklarning asosiy tarkibida esa hali debyut qilishga ulgurmagan. Himoyachining amaldagi shartnomasi shu oyning oxirida (iyun oyida) yakuniga yetadi.













