Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» futbolchisi Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin

«Barselona» futbolchisi Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoning «Monako» klubiga o‘tishi noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda jurnalist Mikel Blaskes xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli xavbekning «Monako»ga transferi to‘liq kelishib bo‘lingan edi, biroq uning agenti Jorje Mendesh kelishuvni to‘xtatib qolgan. Qayd etilishicha, Mendesh Joau Kanselu ishtirokidagi ehtimoliy transfer zanjiri doirasida Kasadoni Saudiyaning «Al-Hilol» klubiga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Kasadoning «Monako»ga o‘tish varianti hali butunlay kun tartibidan tushib qolgani yo‘q, chunki futbolchining o‘zi faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda. Boshqa tomondan esa, «Al-Hilol»ning saxiy moliyaviy taklifi uning bu pozisiyasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi ma’lum muddat Saudiya Arabistonida to‘p surib, keyinchalik yana Yevropaga qaytish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Kasado barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 15:16, 06.06.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик