Kirish Ro'yxatdan o'tish

Taekvondo. Najmiddin Qosimxo‘jayev — Rim gran-prisining broza medali sohibi!

Taekvondo. Najmiddin Qosimxo‘jayev — Rim gran-prisining broza medali sohibi!

Baho:
+ | -

Italiya poytaxti Rim mezbonlik qilayotgan xalqaro Gran-pri turnirining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi. Jamoamizning -68 kg vazn toifasidagi vakili Najmiddin Qosimxo‘jayev musobaqaning yarim final bosqichiga qadar yetib keldi.

Final yo‘lidagi jangda Najmiddinga Rossiya vakili Amir Vikov raqiblik qildi. Shiddatli bahsda rossiyalik sportchining qo‘li baland keldi.

Shunday bo‘lsa-da, iste’dodli sportchimiz Najmiddin Qosimxo‘jayev G6 kategoriyasidagi nufuzli va muhim reyting turnirining bronza medaliga mualliflik qildi.

Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt
Kiritildi: 21:15, 06.06.2026.
O'qildi: 199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик