Kirish Ro'yxatdan o'tish

Argentina JCH-2026 qaydnomasiga o‘zgartirish kiritishi mumkin

Argentina JCH-2026 qaydnomasiga o‘zgartirish kiritishi mumkin

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. «Albiseleste» o‘rtoqlik uchrashuvida Gondurasni mag‘lub etdi (2:0). Jarohatdan so‘ng hali optimal sport formasiga kirib ulgurmagan Lionel Messi, Xulian Alvares va Nikolas Pas ushbu bahsda maydonga tushishmadi.

«Tarkibimiz hali 100 foizga aniqlab bo‘linmagan. Ehtimol, yana bitta o‘zgarish kiritarmiz. Niko Pas tayyor edi va bugun o‘ynashi ham mumkin edi, Alvares borasida ham hech qanday xavotir yo‘q. Ularning holati yaxshi. Tarkibga yana kimni qo‘shishimiz mumkinligi borasida hali bir qarorga kelmadik. Xavotirga o‘rin yo‘q, biroq hamma futbolchilarimiz ham ideal holatda emas — ayrimlari hali to‘liq tiklanib ulgurmadi. Oldinda yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi bor, vaziyatni baholaymiz. Yakuniy qarorni qabul qilishga shoshilmaymiz — seshanbagacha kutamiz», — dedi Skaloni matbuot anjumanida.

10 iyun kuni amaldagi jahon chempionlari Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Kiritildi: 08:33, 07.06.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик