Avstriya futbol federasiyasi prezidenti Yozef Pryoll germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnikning «Milan»ga ketishiga qo‘yib yubormoqchi emasligini shama qildi — u Rangnikni bundan buyon ham, to 2028 yilgi Yevropa chempionatiga qadar Avstriya milliy terma jamoasi ustozi sifatida ko‘rmoqda.
«Biz u bilan ko‘p marta uchrashdik va kelgusidagi hamkorlikni — 2028 yilgacha bo‘lgan davrni muhokama qildik. U bizning imkoniyatlarimizni biladi, endi uning qarorini kutyapmiz», — deya Pryollning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Qayd etish joizki, «Milan» klubi 16 iyunga qadar bir qarorga kelishi zarur. Bu esa taxminan o‘n kundan keyin klubning rahbariyat tizimiga kimlar kirishini bilishimiz kerakligini anglatadi.













