Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» APLning boshqa bir klubi yulduziga xaridor bo‘lmoqda

«Manchester Yunayted» APLning boshqa bir klubi yulduziga xaridor bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» klubining hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt «Manchester Yunayted» e’tiboriga tushdi. «Qizil iblislar» «o‘rmonchilar»ning 26 yoshli yulduzi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Manbaning ta’kidlashicha, «Nottingem Forest» futbolchini kamida yana bir yil o‘z safida saqlab qolmoqchi, biroq uning shu yozda «Yunayted»ga o‘tishini ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Transfermarkt portali Gibbs-Uaytning transfer bahosini 70 million yevroga baholamoqda. Yakunlangan mavsumda xavbek barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Angliyalik futbolchining «Forest» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:56, 07.06.2026.
O'qildi: 270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик