Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus»ga Angliya terma jamoasi darvozaboni taklif qilindi

«Yuventus»ga Angliya terma jamoasi darvozaboni taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Everton» va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford — «Yuventus»ning potensial yangi a’zosiga aylanishi mumkin. Turin klubi yangi posbon qidirmoqda va bundan, tabiiyki, agentlar yaxshi xabardor.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, «keksa sinyora»ga vositachilar orqali ingliz darvozabonining xizmatlari taklif qilingan. A Seriya grandi uchun ushbu variant qanchalik qiziqarli ekani hozircha noma’lum.

O‘tgan yilning kuzida Jordan Pikford «Everton» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Transfermarkt portali 32 yoshli futbolchining bozor qiymatini 13 million yevroga baholamoqda.

Bundan avvalroq «Yuventus» Premyer-liganing boshqa bir taniqli darvozaboni — «Aston Villa» sharafini himoya qilayotgan Emiliano Martinesga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 08:58, 07.06.2026.
O'qildi: 220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик