Germaniya terma jamoasi vingeri Leroy Sane Lennart Karlning jarohati haqida gapirdi. «Bavariya»ning 18 yoshli futbolchisi jiddiy jarohat tufayli Germaniya milliy terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasidan chiqarildi, bu haqda yaqinda ma’lum bo‘lgan edi.
«Bu juda og‘riqli. Lenni uchun juda afsusdaman. U ajoyib yigit, fantastik futbolchi. Unga eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman», — deya Sanening sobiq jamoadoshini qo‘llab-quvvatlab aytgan so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
JCH-2026 da Germaniya terma jamoasi tarkibida Lennart Karlning o‘rnini «RB Leypsig» a’zosi Assan Uedraogo egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Leroy Sane 2025 yilning yozidan buyon «Galatasaroy» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u besh yil davomida «Bavariya»da to‘p surgan.













